Skip to content

Commit

Permalink
Update index.mdx
Browse files Browse the repository at this point in the history
  • Loading branch information
orzklv committed Aug 14, 2024
1 parent b385259 commit 56ffe22
Showing 1 changed file with 14 additions and 0 deletions.
14 changes: 14 additions & 0 deletions packages/docs/pages/learn/index.mdx
Original file line number Diff line number Diff line change
Expand Up @@ -23,3 +23,17 @@ Fleyklarning (Flakes) afzalliklari uni jamoa ichida keng ommalashtiradi: rasmiy
Biroq, barqarorlik (stabillik) ni saqlash uchun rasmiy dokumentatsiyalarda deyarli hech qanday Fleyklar (Flakes) bilan bog'liq ma'lumotlar to'liq yoritilmagan. Bu ko'plab Nix/NixOS foydalanuvchilarini adashtirib qo'ydi. Ular boshqalar Fleyklardan (Flakes) foydalanishayotganini ko'rib, o'zlari ham o'rganishmoqchi bo'lishgan, lekin qayerdan boshlashni bilishmaydi, ko'pincha holatda tarqoq norasmiy ma'lumotlarni yig'ib, Nixpkgs manba kodlaridan izlanib yoki tajribaliroq foydalanuvchilardan yordam so'rashga majbur bo'lishadi.

## Ushbu kitob kelib chiqishi

Ushbu kitob mening NixOS bilan ilk boshlagan paytlarimdan bera yozib kelayotgan esdalik va yozuvlarimdan kelib chiqib yozilgan.

Joriy yilning Avgust oyida (2023) men NixOS bilan tanishganimda uning dizayn va falsafasiga oshiq bo'ldim. Internetda tinimsiz qilgan izlanishlarim yordamida Nix ning Fleyklar (Flakes) qismi bilan tanishib, o'rganib chiqdim. Fleyklarni an'anaviy NixOS konfiguratsiya usuli bilan solishtirgach, faqat Fleyklar bilan ishlaydigan NixOS menga mos kelishini tushunib yetdim. Natijada, an'anaviy Nix konfiguratsiya usulini butunlay e'tiborsiz qoldirib, boshlang'ich qadamlarimda NixOS tizimini Fleyklar yordamida sozlashni o'rgandim.

O'rganish jarayonida Fleyklar uchun boshlovchilar uchun mo'ljallangan manbalar juda kam ekanligini tushunib yetdim. Dokumentatsiyalarning katta qismi an'anaviy Nix konfiguratsiya usuliga qaratilgan bo'lib, meni NixOS wiki, Zero to Nix, Nixpkgs qo'llanmasi va Nixpkgs repozitoriya kodlari kerakli ma'lumotlarni Flekylar bilan bog'liq bo'lmagan mazmunni e'tiborsiz qoldirib olishga majbur qildi. Bu o'rganish jarayoni ancha murakkab va qiyin bo'ldi. Kelajakda bu qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun, o'z yo'lim davomida ko'plab norasmiy ma'lumotlarni yig'ib, o'zim uchun yozib ketaverdim.

Biroz tajriba orttirgandan so'ng, joriy yilning may oyida asosiy kompyuterimni NixOS ga o'zgartirdim. NixOS yangi boshlovchilar uchun yozuvlarimni tartibga solib, o'z blogimda chop etdim va Xinux yo'nalishini Arch Linux dan NixOS ga burib yubordim. Boshida NixOS no an'anaviy fiklashga majburlagani sababli ko'plab auditoriyalardan salbiy fikrlar oldim, ammo keyinchalik bu yaxshi tarafga o'zgarish boshladi.

Bilamizki, shundog'am o'zbek tilida ma'lumotlar tanqis va tilimis borgan sari o'lib bormoqda. Boshqa tarafda esa, Toshkent shahridan tashqarida yashovchi aholi aksari qismida esa til barrieri mavjud. Shu narsalardan ilhomlangan holda, ushbu norasmiy bo'lsada, o'zbek tilida NixOS bilan tanishishga yordam beruvchi vositda yaratishga kirishdim.

## Kitobning xususiyatlari

1. An'anaviy

0 comments on commit 56ffe22

Please sign in to comment.